Mirziyoyev Turkmanistonga bordi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-oktabr kuni amaliy tashrif bilan Turkmanistonga bordi. Davlat rahbari 8-oktabr kuni Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvida, 9-oktabr kuni esa MDH sammitida ishtirok etadi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ikki yirik sammitda ishtirok etadi
Tashrif dasturiga ko‘ra, Mirziyoyev 8-oktabr kuni Turkmanistonda o‘tkaziladigan Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvida qatnashadi.
9-oktabr kuni esa O‘zbekiston Prezidenti Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining navbatdagi sammitida ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Turkmanistonda ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkaziladi
Tashrif doirasida Shavkat Mirziyoyev qator davlat rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi ham ko‘zda tutilgan. Prezidentni Turkmanboshi shahri aeroportida Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Avvalroq O‘zbekistonda ayrim maktablarda fanlarni ingliz tilida o‘qitish tajribasini o‘tkazish taklif qilingani haqida xabar berilgandi.