O‘zbekistonliklarning 82 foizi tibbiyot tizimini ijobiy baholadi — STADA reytingi

eʼlon qilindi
Xalqaro STADA reytingida O‘zbekistonda aholining 82 foizi davlat tibbiyoti tizimidan mamnunligini bildirgan
Fotо: Pexels

O‘zbekistonliklarning 82 foizi tibbiyot tizimini ijobiy baholadi. Mamlakat STADA Health Report 2026 tadqiqotida qatnashgan 20 ta davlat orasida ikkinchi o‘rinni egalladi.

Bir yil ichida O‘zbekistonda tibbiyot tizimidan mamnun bo‘lganlar ulushi 13 foiz punktga oshdi. Taqqoslash uchun, tadqiqotda qatnashgan 20 ta davlat bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkich 56% ni tashkil etdi.

STADA Health Report 2026 ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda respondentlarning 22%i sog‘liqni saqlash tizimidan to‘liq mamnun. Ularning 60%i tizim faoliyatini ijobiy baholagan.

So‘rovda qatnashganlarning 14%i esa tibbiyot tizimidan norozi ekanini bildirgan. Ularning 10%i unchalik mamnun emasligini, 4%i esa sog‘liqni saqlash tizimi faoliyatidan umuman qoniqmasligini aytgan.

Shuningdek, o’qing: Oʻzbekistonda davlat tibbiy sugʻurtasi doirasida bepul tibbiy xizmatlar koʻrsatiladi va dorilar beriladi

O‘zbekiston bu ko‘rsatkich bo‘yicha faqat Belgiyadan ortda qoldi

Reytingda eng yuqori natija Belgiyada qayd etilgan – aholining 86%i davlat sog‘liqni saqlash tizimidan mamnun. Eng past ko‘rsatkich esa Vengriyaga to‘g‘ri kelgan: u yerda tibbiy xizmatlardan mamnunlar ulushi 27% ni tashkil etgan.

O‘zbekistonda ayollar davlat tibbiyot tizimini erkaklarga qaraganda yuqoriroq baholagan. Ayollarning 86%i tizimni ijobiy baholagan bo‘lsa, erkaklarda bu ko‘rsatkich 78% bo‘lgan.

Turli yoshdagi respondentlar orasida ham tibbiyot tizimidan mamnunlik darajasi yuqori bo‘lgan. 18 – 34 yoshdagilarning 85%i, 35 – 54 yoshdagilarning 80%i va 55 yoshdan kattalarning 80%i sog‘liqni saqlash tizimidan mamnun.

Profilaktik tekshiruvlarga kelganda ko‘rsatkich past

Shu bilan birga, profilaktik tibbiy ko‘riklardan foydalanish darajasi pastligicha qolmoqda. O‘zbekistondagi respondentlarning 48%i bunday tekshiruvlardan umuman o‘tmasligini bildirgan.

Avvalroq «Kursiv» davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi qanday ishlayapti, natija va muammolar nimalardan iborat ekanligi haqida yozgan edi.

Shuningdek