Qashqadaryoda maktab direktori pora bilan ushlandi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Direktor fuqaroni maktabga ingliz tili o‘qituvchisi sifatida ishga kiritish evaziga pul olganlikda gumonlanmoqda
Qashqadaryoda maktab direktori pora bilan ushlandi
Foto: Departament

Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida maktab direktori ishga joylashtirish evaziga pora olayotgan vaqtida ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lum qildi.

Departamentning Qarshi shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori fuqaroni ushbu maktabga ingliz tili o‘qituvchisi sifatida ishga kiritish evaziga $600 olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi – pora olish bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 297 mln so‘mlik qalbaki pullar savdosi fosh etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek