Toshkentda erkak voyaga yetmagan qizga uylanib, unga zo‘ravonlik qilgani aniqlandi

eʼlon qilindi
Ular shar’iy nikohdan o‘tgan
Andijonda IIB xodimi voyaga yetmagan qizni zo‘rlaganlikda gumonlanmoqda
Foto: SI

Olmazor tumanida voyaga yetmagan qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik va tan jarohati yetkazilgani yuzasidan tergovga qadar tekshiruv boshlandi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligining Toshkent shahar boshqarmasi xabar berdi.

Voyaga yetmagan qiz bilan shar’iy nikoh tuzilgan

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, erkak 2025-yil 28-avgust kuni voyaga yetmagan qiz bilan shar’iy nikohdan o‘tgan va shu kundan buyon u bilan birga yashab kelgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, erkak voyaga yetmagan qizga nisbatan zo‘rlik ishlatib, jinsiy ehtiyojlarini qondirgan hamda unga tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Qizga himoya orderi rasmiylashtirildi

5-oktabr kuni Olmazor tumani «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi va tuman IIB xodimlari ishtirokida voyaga yetmagan qiz hamda uning ammasi bilan suhbat o‘tkazilgan.

Hozirda qizning xavfsizligini ta’minlash va huquqiy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan zarur choralar ko‘rilmoqda. Shuningdek, uning ruhiy holatini barqarorlashtirish bo‘yicha ham tegishli yordam ko‘rsatilmoqda. Kelgusida tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish maqsadida qizga himoya orderi rasmiylashtirilgan.

Avvalroq Jizzax shahrida 2016-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etilgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek