Vivo S2 FE smartfoni taqdim etildi — foto, narx

7-oktabr 2026 08:47 eʼlon qilindi

(7-oktabr 2026 21:39 yangilandi)
Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Vivo S2 FE smartfoni taqdim etildi — foto, narx
Foto: Vivo

Vivo kompaniyasi Hindistonda Vivo S2 FE smartfonini taqdim etdi. Modelning asosiy xususiyati 10 000 mA/soat sig‘imli batareya bo‘lib, bu hozircha Vivo smartfonlari orasidagi eng katta ko‘rsatkich hisoblanadi.

Qurilmaning boshlang‘ich narxi qariyb $405 ni tashkil etadi.

10 000 mA/soat batareya

Vivo S2 FE 10 000 mA/soat sig‘imli batareya bilan jihozlangan. Katta batareyaga qaramay, model o‘rta segmentga mo‘ljallangan. Ishlab chiqaruvchi hozircha uning bir quvvatlashda qancha vaqt ishlashini aniq ko‘rsatmagan.

Foto: Vivo

120 Hz OLED ekran

Smartfon 6,83 dyuymli OLED displeyga ega. Ekran 1260p aniqlik va 120 Hz yangilanish tezligini qo‘llab-quvvatlaydi.

Dimensity 7300e protsessori

Vivo S2 FE MediaTek Dimensity 7300e protsessorida ishlaydi. Smartfon 6/128 Gb va 8/128 Gb xotira konfiguratsiyalarida taklif qilinadi.

Boshlang‘ich versiyada atigi 6 Gb tezkor xotira mavjud bo‘lishiga qaramay, uning narxi $400 dan yuqori.

Foto: Vivo

Asosiy kamera 50 Mp

Smartfonning asosiy kamerasi 50 Mp aniqlikka ega. Kamera blokida yana 2 Mp qo‘shimcha sensor ham mavjud, biroq asosiy suratga olish vazifasi 50 Mp modulga yuklatilgan.

IP69 va harbiy standart himoyasi

Vivo S2 FE Wi-Fi 6 texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, qurilma IP69 darajasidagi suv va changdan himoya hamda MIL-STD-810H harbiy standartiga mos mustahkamlikka ega.

Narxi

Vivo S2 FE’ning boshlang‘ich narxi qariyb $405 ni tashkil etadi. Smartfonning boshqa bozorlarda sotuvga chiqish sanasi hozircha ma’lum qilinmagan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Vivo Y600k Turbo smartfoni taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek