Fransiyada sog‘lig‘i yomonlashgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Fransiyada og‘ir vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarosi yurtga qaytarildi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Sh.A. Yevropaga yuk avtomobili haydovchisi sifatida ishlash uchun borgan. Fransiyada bo‘lgan vaqtida uning sog‘lig‘i keskin yomonlashib, Tur shahridagi shifoxonaga yotqizilgan va u yerda uzoq vaqt davolangan.
Shuningdek, o’qing: Rossiyada og‘ir ijtimoiy va moddiy vaziyatga tushib qolgan to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosiga vatanga qaytishda yordam ko‘rsatildi
Elchixona va Migratsiya agentligi yordam ko‘rsatdi

Davolanish davrida O‘zbekistonning Fransiyadagi diplomatik missiyasi fuqaro va shifoxona bilan doimiy aloqada bo‘lib, zarur ko‘mak ko‘rsatgan.
Sog‘lig‘i yaxshilangach, u O‘zbekiston elchixonasi va Migratsiya agentligi hamkorligida yurtga olib kelindi. Endi u oilasi bag‘rida davolanish hamda tiklanishni davom ettiradi.
Avvalroq Kursiv Polshada vafot etgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosining jasadi vatanga qaytarilgani haqida yozgan edi.