O‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va 8 ming gektar yer sotuvga chiqariladi

eʼlon qilindi
Yangi xususiylashtirish bosqichida 84 ta kompaniyadagi davlat ulushi, 1 242 ta ko‘chmas mulk obyekti va qariyb 8 ming gektar yer savdoga chiqariladi
Foto: Kursiv Uzbekistan

O‘zbekistonda xususiylashtirishning yangi bosqichida umumiy qiymati qariyb 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer uchastkalarini sotuvga chiqarish rejalashtirilmoqda. Bu haqda 8-oktabr kuni Davlat aktivlarini boshqarish agentligi o‘tkazgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda Kursiv Uzbekistan muxbiri.

Agentlik direktori Sohibjon Murodovning aytishicha, 2026-yilda 84 ta kompaniyadagi davlat ulushini xususiylashtirish rejalashtirilgan.

«2026-yil 84 ta kompaniyadagi davlat ulushini xususiylashtirish ko‘zda tutilgan. Savdolar natijasida Davlat budjeti va tegishli jamg‘armalarga kamida 14 trln so‘m tushum olish rejalashtirilmoqda», – dedi Murodov.

8 ming gektarga yaqin yer uchastkalari sotuvga chiqariladi

Prezidentning 2026-yil 28-avgustdagi PF-177-son farmoniga muvofiq, yangi bosqichda 84 ta xo‘jalik jamiyatidagi davlat ulushi, 1 242 ta ko‘chmas mulk obyekti va qariyb 8 ming gektar yer uchastkasini savdoga chiqarish belgilangan.

Shuningdek, davlat ishtirokidagi 85 ta korxonani tugatish yoki qayta tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, xususiylashtirish orqali davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirish, xususiy sektor uchun yangi imkoniyatlar yaratish va investitsiyalarni jalb etish maqsad qilingan.

Shuningdek, o‘qing: UzNIF portfelidagi oltita yirik kompaniyani 2028-yilgacha fond bozoriga olib chiqish rejalashtirilgan

Davlat aktivlarini 15% avans bilan sotib olish mumkin bo‘ladi

Foto: Kursiv Uzbekistan

Yangi xususiylashtirish bosqichida xaridorlar uchun to‘lov shartlari ham yengillashtiriladi. Davlat aktivini sotib olayotgan xaridor dastlab uning qiymatining 15%ini to‘lashi, qolgan summani esa belgilangan muddatlarda foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lashi mumkin.

«Davlat aktivini sotib olish uchun dastlab 15% avans to‘lanadi. Qolgan summani esa qonunchilikda belgilangan muddatlarda foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati mavjud», – dedi agentlik direktori Sohibjon Murodov.

Ayrim yirik aktivlar bo‘yicha belgilangan shartlarni bajargan xaridorlarga 25%gacha chegirma berilishi ham ko‘zda tutilgan.

Avvalroq «Kursiv» Reuters O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlar, xorijiy investorlar qiziqishi va biznes muhitidagi asosiy muammolar haqida material e’lon qilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek