O‘zbekistonda 71,8 mingta kvartira foydalanishga topshirildi

eʼlon qilindi
2026-yil 1-oktabr holatiga foydalanishga topshirilgan kvartiralar soni o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan 30,5% ga oshdi
O‘zbekistonda 71,8 mingta kvartira foydalanishga topshirildi
Foto: depositphotos

2026-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda jami 71 839 ta kvartira foydalanishga topshirildi. Bu o‘tgan yilning mos davridagiga nisbatan 30,5% ga ko‘p. Bu haqda Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi ma’lum qildi.

2025-yilning shu davrida mamlakat bo‘yicha 55 065 ta kvartira foydalanishga topshirilgan edi. Bir yil ichida ko‘rsatkich 16 774 taga oshgan.

Eng ko‘p kvartira Toshkent shahrida topshirildi

Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida qayd etildi – 20 158 ta kvartira. Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati 8 079 ta va Andijon viloyati 7 884 ta kvartira bilan turibdi.

Farg‘ona viloyatida 5 887 ta, Samarqandda 5 865 ta, Namanganda 5 012 ta kvartira foydalanishga topshirilgan.

Shuningdek, Buxoroda 4 187 ta, Xorazmda 3 237 ta, Navoiyda 3 042 ta, Surxondaryoda 2 747 ta, Qashqadaryoda 2 258 ta, Jizzaxda 1 374 ta, Qoraqalpog‘istonda 1 357 ta va Sirdaryoda 752 ta kvartira topshirilgan.

«Yangi O‘zbekiston» massivlarida 14 964 ta kvartira

«Yangi O‘zbekiston» massivlarida esa 14 964 ta kvartira foydalanishga topshirildi. Bu massivlarda eng ko‘p kvartira Farg‘ona viloyatida – 2 561 ta. Samarqandda 2 441 ta, Namanganda 1 792 ta, Xorazmda 1 786 ta va Andijonda 1 119 ta kvartira foydalanishga topshirilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘zbekistonda uy-joy savdosi sakkiz oyda 18 foizdan oshgani haqida yozgan edi.

Shuningdek