Dam olish kunlari yomg‘irli o‘tadimi

eʼlon qilindi
Tog‘li hududlarda sel xavfi bor
9-aprel ob-havosi
Foto: Pexels.com

Dam olish kunlari O‘zbekistonda ob-havo asta-sekin o‘zgaradi. 10-oktabr kuni mamlakatning katta qismida quruq va iliq havo saqlanadi, kechga borib g‘arbiy hududlarda yomg‘ir boshlanishi mumkin. 11-oktabrda esa nam havo massalari boshqa hududlarga ham tarqaladi. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.

10-oktabr kuni O‘zbekistonning aksariyat hududlarida quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Kunduzi harorat asosan 25–27 daraja, janubiy va cho‘l hududlarda ayrim joylarda 29–32 darajagacha ko‘tariladi.

Kechqurun respublikaning g‘arbiy hududlariga nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining ayrim joylarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

11-oktabrda yomg‘ir boshqa hududlarga ham tarqaladi

Yakshanba, 11-oktabr kuni nam havo massalari O‘zbekistonning boshqa hududlariga ham tarqala boshlaydi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda, kunning ikkinchi yarmida cho‘l hududlari hamda mamlakat janubida, kechqurun esa markaziy hududlarning ayrim joylarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysida esa yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ko‘pchilik hududlarda iliq havo saqlanadi. Faqat shimoli-g‘arbda kunduzgi harorat 18–23 darajagacha pasayishi mumkin.

Shuningdek, o‘qing: Qozog‘istonda ilk qor yog‘di — video

Tog‘li hududlarda sel xavfi bor

9–11-oktabr kunlari tog‘li hududlarning ayrim joylarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

«O‘zgidromet» 11-oktabr kuni tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel va suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Toshkentda dam olish kunlari yomg‘ir yog‘maydi

Toshkent shahrida 10–11-oktabr kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi harorat 13–15 daraja, kunduzi esa 25–27 daraja atrofida bo‘ladi.

Shamol sharqdan sekundiga 3–8 metr tezlikda esadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 11 – 12-oktabrda 9 viloyatda sel xavfi kutilayotgani haqida xabar berilgandi. «O‘zgidromet»ga ko‘ra, xavf Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Toshkent, Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarining ayrim hududlariga taalluqli.

Shuningdek