Dollar kursi 120 so‘mga oshdi — hafta tahlili

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Hafta davomida dollar kursida biror kun ham pasayish qayd etilmadi
Dollar kursi 125 so‘mga oshdi — hafta tahlili
Foto; depositphotos

O‘zbekistonda dollar kursi hafta davomida ketma-ket oshdi. Markaziy bank 10-oktabr uchun bir dollar kursini 51,33 so‘mga ko‘tarib, 11 897,90 so‘m etib belgiladi. Hafta davomida dollar milliy valyutaga nisbatan qariyb 120 so‘mga qimmatlashdi.

Dollar kursi ketma-ket oshdi

6-oktabr kuni dollar kursi 5,5 so‘mga oshib, 11 778,45 so‘mni tashkil etdi. 7-oktabrda kurs yana 12,34 so‘mga ko‘tarilib, 11 790,79 so‘mga yetdi. 8-oktabr kuni dollar 18,40 so‘mga qimmatlashib, 11 809,19 so‘mni tashkil qildi.

9-oktabrda o‘sish tezlashib, kurs 37,38 so‘mga ko‘tarildi va 11 846,57 so‘mga yetdi. 10-oktabr uchun esa dollar yana 51,33 so‘mga qimmatlashib, 11 897,90 so‘m etib belgilandi.

Manba: Markaziy bank

Bir haftada qariyb 120 so‘mlik o‘sish

Shuningdek, o‘qing: Dollar valyutasining kelajagi qanday — ekspert sharhi

6 – 10-oktabr kunlaridagi kunlik o‘zgarishlar yig‘indisi bo‘yicha dollar kursi jami 119,45 so‘mga oshgan.

Hafta davomida dollar kursida biror kun ham pasayish qayd etilmadi. Eng katta kunlik o‘sish 10-oktabr uchun belgilangan kursda kuzatilib, 51,33 so‘mni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 10-oktabr uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek