MrBeast Toshkentda «avariya»ga uchradimi

Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi amerikalik bloger MrBeastning poytaxtda harakatlangan transport vositasi yo‘l-transport hodisasiga uchragani haqidagi xabarlarni rad etdi. Idora ma’lumotiga ko‘ra, avtomobil Toshkentda YTHga uchramagan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati ma’lum qildi.
Avtomobil Hindistonda shikastlangan
Idora xabarida aytilishicha, MrBeast Toshkentda bo‘lgan vaqtida u harakatlangan transport vositasi doimiy kuzatuv ostida bo‘lgan va hech qanday YTHga uchramagan.
Blogerning o‘zi transport vositasiga Hindistonning Dehli shahrida shikast yetganini bildirgan.
Asossiz ma’lumotlarni tarqatmaslik so‘raldi
Toshkent shahar IIBB YHXB ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan tekshirilmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikni so‘radi.
Avvalroq amerikalik mashhur bloger Jimmi Donaldson, ya’ni MrBeast Toshkentga kelib, muxlislari bilan uchrashgani haqida xabar berilgandi.