Surxondaryoda qariyb 42 kg opiy musodara qilindi

eʼlon qilindi
Denov tumanida avtomobilning gaz balloni ichiga yashirilgan 41 kg 904 gramm opiy aniqlangani ma’lum qilindi
Surxondaryoda qariyb 42 kg opiy musodara qilindi
Foto: DXX videosidan ekran tasviri

Surxondaryo viloyatida qariyb 42 kg narkotik modda musodara qilindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.

DXX va ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Toshkent viloyatidan kelayotgan Chevrolet Cobalt avtomobili Denov tumanida to‘xtatilib, tekshirilgan.

Narkotik gaz balloni ichiga yashirilgan

Tekshiruvda avtomobil yukxonasiga o‘rnatilgan gaz balloni ichidan 43 ta o‘ram topilgan. Ularda jami 41 kg 904 gramm opiy moddasi bo‘lgani aniqlangan.

Shuningdek, o‘qing: Chirchiqda bank xodimi 1,3 mlrd so‘mni o‘zlashtirgani fosh etildi

Yana uch kishi ushlandi

Tezkor tadbir davom ettirilib, narkotikni olib ketish uchun kelgani aytilayotgan ikki nafar fuqaro ushlangan.

DXX ma’lumotiga ko‘ra, ulardan biri Denov, ikkinchisi Sariosiyo tumanida yashagan va avval giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyat uchun sudlangan.

Keyingi bosqichda esa qo‘shni davlatdan olib kelingan narkotikning buyurtmachisi ekani aytilayotgan yana bir shaxs ham qo‘lga olingan. U ham ilgari giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyat uchun sudlangan.

Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Holat yuzasidan barcha ushlangan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Farg‘onada noqonuniy Umra tashkilotchisi ushlangani xabar berilgan edi.

Shuningdek