O‘zbekiston dunyoning eng qudratli davlatlari reytingiga kirdi

O‘zbekiston 2026-yilda dunyoning eng qudratli va ta’sirli mamlakatlari reytingida 71-o‘rinni egalladi. Ro‘yxatga jami 100 ta davlat kiritilgan. Bu haqdagi ma’lumotlar World Population Review saytida e’lon qilindi.
Reytingda Markaziy Osiyo davlatlari orasida Qozog‘iston eng yuqori natijani qayd etdi. O‘zbekiston 71-pog‘onadan joy oldi. Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston esa ro‘yxatga kiritilmagan.
Eng qudratli davlatlar o‘ntaligi
Reytingning birinchi o‘rnini Xitoy egalladi. Undan keyingi pog‘onalardan AQSH va Hindiston joy oldi. Dunyoning eng qudratli davlatlari o‘ntaligi quyidagicha:
- Xitoy
- AQSH
- Hindiston
- Germaniya
- Yaponiya
- Janubiy Koreya
- Fransiya
- Buyuk Britaniya
- Meksika
- Italiya
Rossiya 11-o‘rinni egalladi. Reytingning so‘nggi pog‘onasida esa Seyshel orollari qayd etildi.

Davlatlar qanday mezonlar asosida baholangan
World Population Review ma’lumotiga ko‘ra, reyting U.S. News & World Report’ning har yili o‘tkaziladigan «Best Countries» tadqiqotiga asoslangan. Tadqiqot Pensilvaniya universitetining Uorton maktabi va BAV Group hamkorligida tayyorlanadi.
Mamlakatlar oltita asosiy mezon – yetakchilik, iqtisodiy qudrat, siyosiy ta’sir, geosiyosiy mavqe, harbiy kuch va tashqi savdo salohiyati bo‘yicha baholanadi. Shu sababli reyting faqat davlatlarning harbiy imkoniyatlarini emas, balki ularning xalqaro maydondagi umumiy ta’sirini ham hisobga oladi.
Avvalroq Jahon banki 2026-yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti 7,9 foizga o‘sishini kutayotgani haqida xabar berilgandi.