O‘zbekistonda mikromoliya tashkilotlari aktivlari bir yilda ikki baravar oshdi

O‘zbekistonda mikromoliya tashkilotlarining jami aktivlari 2026-yil 1-sentabr holatiga 20,8 trln so‘mga yetdi. Bu 2025-yilning shu davridagi 9,7 trln so‘mga nisbatan 114 foiz ko‘p. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotida keltirilgan.
Mikromoliya tashkilotlari kreditlari 18,1 trln so‘mga yetdi
Bir yil ichida mikromoliya tashkilotlari bergan kreditlar hajmi 8,8 trln so‘mdan 18,1 trln so‘mga oshdi. Bu qariyb 106 foizlik o‘sishni anglatadi.
Soha tashkilotlarining jami kapitali ham ko‘paydi: 2025-yil 1-sentabrdagi 2,8 trln so‘mdan 2026-yilning shu sanasida 4,4 trln so‘mga yetdi. O‘sish 57 foizni tashkil etdi.
Majburiyatlar 16,3 trln so‘mga chiqdi
Mikromoliya tashkilotlarining majburiyatlari bir yilda 6,9 trln so‘mdan 16,3 trln so‘mga ko‘tarildi. Bu qariyb 136 foizlik o‘sishdir.
Shunday qilib, aktivlar, kreditlar va majburiyatlar hajmi kapitalga nisbatan tezroq oshgan. Bu raqamlar mikromoliya sektori kengayib borayotganini ko‘rsatadi.
Avvalroq Jahon banki 2026-yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti 7,9 foizga o‘sishini kutayotgani haqida xabar berilgandi.