11-oktabr kuni qaysi hududlarda yomg‘ir yog‘adi

eʼlon qilindi
Respublikaning katta qismida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ayrim viloyatlarda yomg‘ir kutilmoqda
11-oktabr kuni qaysi hududlarda yomg‘ir yog‘adi
Foto: depositphotos

11-oktabr kuni O‘zbekistonda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, tog‘li joylarda esa yog‘ingarchilik kuchliroq bo‘lishi ehtimoli bor.

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Havo harorati kechasi 8–13 daraja, kunduzi 18–23 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi.

Buxoro va Navoiyda kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir kutiladi

Buxoro va Navoiy viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi 10–15 daraja, kunduzi 20–25 darajani tashkil etadi.

Toshkent va yana uch viloyatda kechqurun yomg‘ir bo‘lishi mumkin

Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida kechqurun ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi 10–15 daraja, kunduzi 22–27 daraja bo‘ladi.

Janubda 32 darajagacha issiq bo‘ladi

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi 12–17 daraja, kunduzi esa 27–32 darajagacha ko‘tariladi.

Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 11-oktabr kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 12–17 daraja, kunduzi 22–27 daraja bo‘ladi.

Tog‘larda yomg‘ir yog‘adi

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechasi 5–10 daraja iliq, kunduzi 15–20 daraja bo‘ladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan dam olish kunlari qanday bo‘lishi haqida yozgan edi.

Shuningdek