Qor, yomg‘ir, shamol: 12-oktabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Qoraqalpog‘iston va Xorazmda yog‘ingarchilik bo‘lmaydi
Qor, yomg‘ir, shamol: 12-oktabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi
Foto: depositphotos

12-oktabr kuni O‘zbekistonning ko‘plab hududlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.

Toshkent shahrida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechasi 13–15 daraja, kunduzi 19–21 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda yog‘ingarchilik bo‘lmaydi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Harorat kechasi 8–13 daraja, kunduzi 21–26 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi.

Buxoro va Navoiyda yomg‘ir yog‘adi

Buxoro va Navoiy viloyatlarining ayrim joylarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Harorat kechasi 10–15 daraja, kunduzi 18–23 daraja bo‘ladi.

Toshkent va yana uch viloyatda biroz yomg‘ir kutiladi

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarining ayrim joylarida biroz yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechasi 10–15 daraja, kunduzi 18–23 darajani tashkil etadi.

Janubda harorat 28 darajagacha ko‘tariladi

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechasi 12–17 daraja, kunduzi 23–28 daraja bo‘ladi.

Farg‘ona vodiysida ham yomg‘ir yog‘adi

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining ayrim joylarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Harorat kechasi 12–17 daraja, kunduzi 18–23 daraja bo‘ladi.

Tog‘larda kuchli yomg‘ir va qor bo‘lishi mumkin

Respublikaning tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda u kuchli bo‘lishi mumkin. Baland tog‘larda yomg‘ir qorga aylanishi ehtimoli bor. Harorat kechasi 5–10 daraja iliq, kunduzi 7–12 daraja bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 11-oktabr kuni qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek