Vinisius Junior sevgilisi bilan yana ajrashdi

«Real Madrid» hujumchisi Vinisius Junior va braziliyalik bloger hamda tadbirkor Virjiniya Fonseka munosabatlarini ikkinchi bor yakunladi. Bu haqda Fonsekaning vakillari Quem nashriga ma’lum qildi.
Vakillarning aytishicha, juftlik bu qarorga o‘zaro kelishuv asosida kelgan. Ajralishga janjal yoki mojaro sabab bo‘lmagan.
«Virjiniya Fonseka va Vini Junior endi birga emas. Hech qanday mojaro yoki janjal bo‘lmadi. Ular shunchaki endi juftlik sifatida birga bo‘lmaslikka qaror qilishdi», — deyiladi bayonotda.
Ular qachon munosabatlarini boshlagan
Vinisius Junior va Virjiniya Fonseka 2025-yilda uchrasha boshlagan. 2026-yil may oyida juftlik ilk bor ajralgan, biroq iyul oyida munosabatlarini tiklagan.
Shundan so‘ng ular birga ko‘rinish bergan. Sentabr oyida ham juftlikning munosabatlari davom etayotgani haqida xabarlar tarqalgan.
Ajralish sababi nima
2026-yil 10-oktabrda Virjiniyaning Ispaniyadan AQSHga jo‘nab ketgani ortidan juftlik ajralgani haqida mish-mishlar paydo bo‘ldi. Biroq uning vakillari safar oldindan rejalashtirilganini va Virjiniya farzandlarini otasi, braziliyalik qo‘shiqchi Ze Felipe bilan uchrashtirish uchun Mayamiga yo‘l olganini bildirgan.
Juftlikning ikkinchi bor ajralishiga nima sabab bo‘lgani hozircha ochiqlanmagan.
Avvalroq «Real Madrid» o‘z sahifasida braziliyalik hujumchi Vinisius Junior bilan tuzilgan shartnoma uzaytirilganini rasman e’lon qilgandi.