13-oktabr kuni qaysi hududlarda yomg‘ir yog‘adi

13-oktabr kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi, baland tog‘larda esa yog‘ingarchilik qorga aylanishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet ma’lum qildi.
Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi havo harorati 12–14 daraja, kunduzi 22–24 daraja bo‘ladi.
Ayrim viloyatlarda yomg‘ir yog‘adi
Buxoro va Navoiy viloyatlarining ayrim joylarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Harorat kechasi 8–13 daraja, kunduzi 20–25 daraja bo‘ladi.
Samarqand viloyatida kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Kechasi harorat 10–15 daraja, kunduzi 18–23 daraja atrofida bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi 10–15 daraja, kunduzi 21–26 daraja bo‘ladi.
Shuningdek, o‘qing: O‘zbekistonliklarni hafta davomida qanday ob-havo kutmoqda
Vodiyda ertalab yomg‘ir va tuman bo‘lishi mumkin
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida kechasi hamda ertalab ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi hamda tuman tushishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Hududlarda kechasi 10–15 daraja, kunduzi 18–23 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 8–13 daraja, kunduzi 21–26 darajani tashkil etadi.
Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida ham havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Kechasi 10–15 daraja, kunduzi 20–25 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Tog‘larda kuchli yomg‘ir va sel xavfi bor
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Baland tog‘larda yog‘ingarchilik qorga aylanishi ehtimoli bor.
Ayrim hududlarda tuman tushishi, sel va suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin. Tog‘larda harorat kechasi 5–10 daraja iliq, kunduzi 14–19 daraja bo‘ladi.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel va suv toshqini bo’lishi mumkinligi haqida yozgan edi.