Dollar «uchmoqda»: 15-oktabr uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

15-oktabr uchun valyutalar kursi yangilandi. Dollar 49,81 so‘mga oshib, 11 963,16 so‘mni tashkil etdi. Yangilangan kursni Markaziy bank o‘z saytida e’lon qildi.
Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi
8-oktabr kuni 18,40 so‘mga oshib, 11 809,19 so‘mga, 9-oktabr kuni 37,38 so‘mga oshib, 11 846,57 so‘mga, 10-oktabr kuni esa 51,33 so‘mga oshib, 11 897,90 so‘mga tenglashdi. 13-oktabr kuni dollar 1,19 so‘mga oshib, 11 899,09 so‘m, 14-oktabr kuni 14,26 so‘mga oshib, 11 913,35 so‘m bo‘ldi.
Shuningdek, o‘qing: Dollar valyutasining kelajagi qanday — ekspert sharhi
Yevro kursida oshish kuzatildi. Yevropa valyutasi 61,7 so‘mga oshib, 13 390,36 so‘m bo‘ldi. Rossiya rubli tushdi. Rubl kursi 0,06 so‘mga oshib, 142,33 so‘mni tashkil etdi.
Avvalroq «Kursiv» 14-oktabr uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.