Samarqandda qalbaki $7 400 kupyura sotilayotgani aniqlandi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
44 mln so‘m evaziga
Foto: Davlat xavfsizlik xizmati

Samarqandda uch kishi 7 400 AQSH dollarilik qalbaki kupyuralarni 44 mln so‘mga sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qalbaki banknotlar Turkiyadan olib kelingan. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qalbaki dollarlar shartli xaridorga sotilgan

Davlat xavfsizlik xizmati, Bojxona va ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida Samarqand shahrida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbir davomida Toyloq tumanida yashovchi, 1996, 2002 va 2003-yillarda tug‘ilgan uch nafar fuqaro qo‘lga olingan. Ular nominal qiymati 100 dollardan bo‘lgan qalbaki banknotlarni jami 7 400 AQSH dollari miqdorida jamlab, shartli xaridorga 44 mln so‘mga sotgan.

Ikki nafar gumonlanuvchi avval ham sudlangan

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, gumonlanuvchilardan ikki nafari muqaddam sudlangan. Qalbaki kupyuralar Turkiyadan olib kelingani aniqlangan.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar noqonuniy faoliyatga aloqador bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa shaxslarni aniqlash choralarini ko‘rmoqda.

Avvalroq Navoiy va Toshkent shaharlarida qalbaki AQSh dollari hamda so‘m kupyuralarini muomalaga kiritishga uringan shaxslar tezkor tadbirlar davomida qo‘lga olingandi.

Shuningdek