Dollar «parvozda»: 16-oktabr uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

16-oktabr uchun valyutalar kursi yangilandi. Dollar 48,49 so‘mga oshib, 12 011,65 so‘mni tashkil etdi. Yangilangan kursni Markaziy bank o‘z saytida e’lon qildi.
Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi
9-oktabr kuni 37,38 so‘mga oshib, 11 846,57 so‘mga, 10-oktabr kuni esa 51,33 so‘mga oshib, 11 897,90 so‘mga tenglashdi. 13-oktabr kuni dollar 1,19 so‘mga oshib, 11 899,09 so‘m, 14-oktabr kuni 14,26 so‘mga oshib, 11 913,35 so‘m bo‘ldi. 15-oktabr kuni 49,81 so‘mga oshib, 11 963,16 so‘mni tashkil etdi.
Shuningdek, o‘qing: Dollar valyutasining kelajagi qanday — ekspert sharhi
Yevro kursida oshish kuzatildi. Yevropa valyutasi 72,3 so‘mga oshib, 13 462,66 so‘m bo‘ldi. Rossiya rubli oshdi. Rubl kursi 0,84 so‘mga oshib, 143,17 so‘mni tashkil etdi.
Avvalroq «Kursiv» 14-oktabr uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.