Konstitutsiyaviy sud to‘g‘risidagi yangi qonun qabul qilindi

eʼlon qilindi
Yangi qonun bilan Konstitutsiyaviy sudning vakolatlari, sudyalarni saylash muddati va sud tarkibi qayta belgilandi
Konstitutsiyaviy sud to‘g‘risidagi yangi qonun qabul qilindi
Foto: Pexels

«O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida»gi yangi Konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Qonunda Konstitutsiyaviy sudning vakolatlari, sudyalarni saylash tartibi, sud tarkibi hamda qarorlarning kuchga kirish muddati belgilangan.

Konstitutsiyaviy sud nimalarni ko‘rib chiqadi

Qonunga ko‘ra, Konstitutsiyaviy sud qonunlar, Oliy Majlis palatalari qarorlari, Prezident farmon va qarorlari, Hukumat hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining Konstitutsiyaga muvofiqligini aniqlaydi.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlarining O‘zbekiston qonunlariga muvofiqligi ham sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Oliy sud tashabbusi bilan kiritilgan normativ-huquqiy hujjatlarning Konstitutsiyaga muvofiqligi haqidagi murojaatlar ham Konstitutsiyaviy sud vakolatiga kiradi.

Bundan tashqari, sud o‘z vakolatlari doirasida Konstitutsiya va qonunlarga sharh beradi.

Sudyalar 10 yil muddatga saylanadi

Konstitutsiyaviy sud sudyalari 10 yil muddatga saylanadi.

Har bir sudya alohida tartibda saylanadi. Konstitutsiyaviy sud tarkibi rais, uning o‘rinbosari va jami to‘qqiz nafar sudyadan iborat bo‘ladi.

Qarorlar e’lon qilingan kundan kuchga kiradi

Konstitutsiyaviy sud qarorlari va xulosalari rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.

Qonunning o‘zi ham rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Shu bilan birga, 29-modda, 58-moddaning ikkinchi qismi va 59-modda 2028-yil 1-yanvardan boshlab amal qiladi.

Avvalroq Oliy va Konstitutsiyaviy sud tarkibida o‘zgarishlar bo‘lgani haqida yozgan edi.

Shuningdek