Qarz o‘rniga 1,55 mlrd so‘mlik BMW X6 avtomobili xatlandi

eʼlon qilindi
bmw
BMW 1,55 mlrd so‘mga baholangan
Foto: MIB matbuot xizmati

Majburiy ijro byurosi Toshkentda qarzdor korxonaga tegishli BMW X6 avtomobilini xatladi. Qiymati 1,55 mlrd so‘mga baholangan avtomobil bank foydasiga 342,7 mln so‘mlik kredit qarzini undirish doirasida xatlangan. Bu haqda MIB matbuot xizmati Kursiv Uzbekistan‘ga xabar berdi.

Avtomobil qarzdorlik sabab xatlandi

Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari qarzdor korxonadan bank foydasiga 342 mln 713 ming so‘m kredit qarzdorligini undirish bo‘yicha ijro harakatlarini olib bordi.

Ijro jarayonida qarzdorlikni korxonaga tegishli BMW X6 avtomobili hisobidan undirish choralari ko‘rildi. Avtomobil xatlanib, uning qiymati 1 mlrd 550 mln so‘m etib belgilandi.

BMW X6 auksionga chiqarilishi mumkin

Agar qarzdor korxona kredit qarzini qoplamasa, xatlangan avtomobil auksion savdolariga chiqariladi. Savdodan tushgan mablag‘ qarzdorlikni undirish uchun yo‘naltirilishi mumkin.

Avvalroq Namangan viloyatida aliment qarzdorligi sabab qidiruvga berilgan fuqaro Majburiy ijro byurosi xodimlari tomonidan tungi klubdan topilgandi.

Shuningdek