Saida Mirziyoyeva Erdo‘g‘an bilan uchrashdi: Turkiya va O‘zbekiston hamkorligi mustahkamlanadi

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan uchrashib, unga O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy tilaklarini yetkazdi. Muloqotda ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Bu haqda Mirziyoyeva o‘zining telegram-kanalida yozib qoldirdi.
O‘zbekiston va Turkiya hamkorligi muhokama qilindi
Uchrashuvda O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi yaqin aloqalar, hamkorlik natijalari hamda kelgusida munosabatlarni rivojlantirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

O‘zbekiston vakili Turkiya prezidentiga samimiy qabul, O‘zbekistonga ko‘rsatilayotgan alohida e’tibor va ikki xalq o‘rtasidagi qardoshlik munosabatlarini qo‘llab-quvvatlayotgani uchun minnatdorlik bildirdi.
Avvalroq Mirziyoyeva Turkiyaning Baykar kompaniyasi majmuasiga tashrif buyurgandi.