Toshkentning uchta tumaniga yangi hokimlar tayinlandi

eʼlon qilindi
Foto: poytaxt_uz

Toshkent shahrining Chilonzor va Yangihayot tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi. Bundan avval poytaxt hokimligi matbuot xizmati Yashnobod tumaniga yangi hokim lavozimiga Abdulaziz Abdulxakov tasdiqlangani haqida xabar bergan edi.

Yangihayot tumaniga Lazizbek Temirov hokim bo‘ldi

Foto: poytaxt_uz

Lazizbek Temirov Yangihayot tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi. U 1989-yilda Farg‘ona viloyatining Farg‘ona tumanida tug‘ilgan. 2012-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2021-yilda esa ushbu oliygoh magistraturasini tamomlagan.

Temirov mehnat faoliyati davomida iqtisodiyot va davlat boshqaruvi tizimida ishlagan. 2024-yildan buyon Yashnobod tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Yashnobod hokimi ham yangilandi

Foto: poytaxt_uz

Inogamov Hayot Ilyasovich Chilonzor tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Inogamov 1986-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2006-yilda Toshkent avtomobil yo‘llari institutini, 2008-yilda esa mazkur institut magistraturasini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida transport va yo‘l infratuzilmasi hamda davlat boshqaruvi tizimida qator mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan 2020-yildan Yangihayot tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan.

Uch hokim avvalroq lavozimidan ozod etilgandi

Joriy yilning 5-oktabr kuni Chilonzor tumani hokimi Saidqahhor Xolxo‘jayev, Yashnobod tumani hokimi Baxtiyor Raxmankulov va Yangihayot tumani hokimi Hayot Inogamov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgani ma’lum qilingandi.

Avvalroq «Kursiv» Toshkent viloyatining Bo‘ka tumaniga yangi hokim tasdiqlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek