Dollar kursi 157 so‘mga oshdi — hafta tahlili

O‘zbekistonda dollar kursi hafta davomida o‘sishda davom etdi. Kursiv Uzbekistan AQSh valyutasining o‘zgarishini tahlil qiladi.
Dollar har kuni qimmatlashdi
13-oktabr kuni dollar 1,19 so‘mga oshib, 11 899,09 so‘mni tashkil etdi. 14-oktabrda kurs yana 14,26 so‘mga ko‘tarilib, 11 913,35 so‘mga yetdi.
15-oktabrda o‘sish tezlashdi – dollar bir kunda 49,81 so‘mga qimmatlashib, 11 963,16 so‘m bo‘ldi. 16-oktabr kuni kurs yana 48,49 so‘mga oshib, 12 011,65 so‘mni tashkil etdi.
17-oktabr uchun esa Markaziy bank dollar kursini 44,25 so‘mga oshirib, 12 055,90 so‘m etib belgiladi.

Shuningdek, o‘qing: Dollar nega oshmoqda — iqtisodchi izohi
Kurs 12 ming so‘mlik chegaradan oshdi
Hafta boshida dollar 11,9 ming so‘m atrofida bo‘lgan bo‘lsa, 16-oktabrga kelib 12 ming so‘mlik chegaradan oshdi. 13-oktabrdan 17-oktabrgacha rasmiy kursdagi umumiy o‘sish 156,81 so‘m yoki qariyb 1,3 foizni tashkil etdi.
Hafta davomidagi eng katta bir kunlik o‘sish 15-oktabrda kuzatildi – o‘sha kuni dollar 49,81 so‘mga qimmatlashgan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 17-oktabr uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.