FAST — superqahramonlar: maktab o‘quvchilari xalqaro dastur bo‘yicha o‘qitiladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
O‘zbekistonda ilk bor maktab o‘quvchilariga insult belgilarini aniqlashni o‘rgatuvchi xalqaro dastur joriy etiladi
Foto: Angels Initiative / FAST Heroes

O‘zbekistonda ilk bor maktab o‘quvchilariga insult belgilarini aniqlashni o‘rgatuvchi «FAST – superqahramonlar» xalqaro dasturi joriy etiladi. Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, xalqaro dastur joriy yil 1-noyabrdan boshlanadi.

Yuz, qo‘l, nutq: bolalar insultning asosiy belgilarini o‘rganadi

O‘zbekistonda boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga yuzdagi o‘zgarish, qo‘ldagi holsizlik va nutq buzilishi orqali insultni aniqlash o‘rgatiladi. Mazkur dasturda bolalar bunday vaziyatda vaqtni boy bermasdan kattalarga xabar berish va 103 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishni ham o‘rganadi.

Dastur 1 – 4-sinf o‘quvchilariga mo‘ljallangan

Foto: Angels Initiative / FAST Heroes

«FAST – superqahramonlar» dasturi 1 – 4-sinf o‘quvchilariga mo‘ljallangan. Dastlab mashg‘ulotlar Toshkentning Olmazor tumanidagi 7 ta hamda Samarqand shahri, Kattaqo‘rg‘on va Ishtixon tumanlaridagi 6 ta maktabda yo‘lga qo‘yiladi. Bolalarga insult alomatlari murakkab tibbiy atamalar bilan emas, o‘yinlar, qahramonlar va videolar orqali tushuntiriladi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, dastur dunyoning qariyb 40 davlatida joriy etilgan va 2 mln nafardan ortiq bolalarni qamrab olgan.

Avvalroq «Kursiv» BMTning Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) hisobotiga ko‘ra, dunyodagi deyarli barcha bolalar kamida bitta iqlim xavfi ta’siriga duch kelayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek