Kosmosda hamkorlik: O‘zbekiston Turkiy davlatlar bilan yangi kelishuv imzoladi

O‘zbekiston, Qozog‘iston, Ozarbayjon va Turkiya kosmik sanoat sohasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha dastlabki kelishuvni imzoladi. Hujjat sun’iy yo‘ldoshlar, kosmik texnologiyalar, ilmiy tadqiqotlar va sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishni nazarda tutadi. Bu haqda Uzcosmos agentligi Axborot xizmati tomonidan Antaliyada bo‘lib o‘tgan 77-Xalqaro astronavtika kongressi yakunlari yuzasidan brifingda ma’lum qilindi.
Hamkorlik nimalarni qamrab oladi?

Kelishuv 2026-yil 5 – 9-oktabr kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida bo‘lib o‘tgan 77-Xalqaro astronavtika kongressi doirasida imzolandi. Unga ko‘ra sun’iy yo‘ldoshlarni ishlab chiqish, kosmik texnologiyalarni rivojlantirish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish va mutaxassislar salohiyatini oshirish bo‘yicha hamkorlik qilish rejalashtirmoqda.
NASA bilan ham muzokaralar bo‘ldi
Kongress davomida O‘zbekiston delegatsiyasi NASA rahbariyati bilan ham uchrashgan. Muzokaralarda Yerni masofadan zondlash, sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlaridan foydalanish, ilmiy tadqiqotlar va malakali mutaxassislar tayyorlash masalalari muhokama qilingan. Shuningdek, O‘zbekiston vakillari SpaceX, Azercosmos va boshqa xalqaro kompaniya hamda kosmik agentliklar bilan uchrashuvlar o‘tkazgan.
Avvalroq «Kursiv» nima uchun O‘zbekiston suratlarni sotib olishdan o‘zining kosmik orbital guruhini yaratishga o‘tayotgani haqida «O‘zbekkosmos» vakili bilan suhbatlashgan edi.