O‘zbekistonda energetikaning 2050-yilgacha Milliy bosh rejasi ishlab chiqiladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Unda elektrga talab qayerda oshishi, yangi quvvatlar qayerda qurilishi va qanday infratuzilma zarurligi belgilanadi
Foto: Press_Secretary_Uz

O‘zbekistonda ilk bor energetika sohasining 2050-yilgacha mo‘ljallangan Milliy bosh rejasi ishlab chiqiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika sohasidagi investorlar bilan ochiq muloqotda ma’lum qildi.

Kelgusi 2027-yil 1-martgacha elektr tarmoqlariga ulanish imkoniyatlari xaritasi e’lon qilinadi. 1-iyulga qadar esa to‘liq bosh reja taqdim etilishi rejalashtirilgan.

Hujjat investorlar uchun ham amaliy ahamiyatga ega bo‘ladi. Ular yangi elektr ishlab chiqarish loyihalarini qayerda joylashtirish maqsadga muvofiq ekanini oldindan baholashi va uzoq muddatli rejalar tuzishi mumkin bo‘ladi.

«Yashil» energiyadan qo‘shimcha daromad

Qayta tiklanuvchi energiya ishlab chiqaruvchilarga sertifikatlar va karbon kreditlari orqali qo‘shimcha daromad olish imkoniyati yaratiladi. Bu daromadni davlat va investorlar o‘rtasida taqsimlash mexanizmlari ham ishlab chiqiladi. Jarayonda O‘zbekistonning xalqaro ekologik majburiyatlari va amaldagi shartnomalari hisobga olinadi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda energetika sohasidagi investitsiya loyihalarini shakllantirish va investorlarni tanlash tizimini tubdan o‘zgartirish taklif qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek