Qish mavsumi oldidan elektr stansiyalarining quvvati oshiriladi

2026 – 2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida issiqlik elektr stansiyalarida 182 MVt elektr quvvatini tiklash rejalashtirilgan. Bu haqda «Issiqlik elektr stansiyalari» aksiyadorlik jamiyati vakillari ishtirokida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Qish mavsumi oldidan IESlarda 182 MVt quvvat tiklanadi
O‘zbekistondagi issiqlik elektr stansiyalarida 2026 – 2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida ta’mirlash ishlari davom etmoqda. Ishlar yakunlangach, elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatining 182 MVt qismi qayta tiklanishi kutilmoqda.
35 ta energoqurilma ta’mirlanadi

«Issiqlik elektr stansiyalari» AJ ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilda jami 35 ta energoqurilmada mukammal va o‘rta ta’mirlash ishlari rejalashtirilgan. Ular orasida 9 ta energoblok, 12 ta qozon qurilmasi, 6 ta bug‘-gaz qurilmasi, shuningdek gaz-turbina va boshqa uskunalar bor.
Ta’mirlash yakunlangach, elektr quvvati 182 MVtga, issiqlik quvvati esa 200 Gkal/soatga tiklanishi rejalashtirilgan. Shu bilan birga, uskunalarning eskirish darajasini 49 foizdan 47 foizgacha kamaytirish ko‘zda tutilgan.
Ta’mirlash ishlariga xorijiy mutaxassislar ham jalb qilinadi
Ta’mirlash ishlarida AQShning General Electric, Yaponiyaning Mitsubishi Corporation va Xitoyning Harbin Electric Corporation kompaniyalari mutaxassislari ham qatnashish rejalashtirilgan.
Hozirgi kunda davlat issiqlik elektr stansiyalarida jami 153 ta energoqurilma ishlamoqda. Ularning umumiy o‘rnatilgan quvvati 13 277 MVtni tashkil etadi.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston Rossiya bilan issiqlik ta’minoti bo‘yicha hamkorlik qilishi haqida yozgan edi.