Saida Mirziyoyeva Turkiya Prezident administratsiyasi vakillari bilan uchrashdi

eʼlon qilindi
Tomonlar O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish hamda yangi tashabbuslarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi
Saida Mirziyoyeva Turkiya Prezident administratsiyasi vakillari bilan uchrashdi
Foto: Saida Mirziyoyeva/ Telegram

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Turkiya Prezidenti Kotibiyati rahbari Hasan Dog‘an hamda Prezident Administratsiyasi bosh kotibi Haqqi Susmaz bilan uchrashdi. Bu haqda Mirziyoyeva o‘z Telegram kanalida ma’lum qildi.

Yangi tashabbuslar muhokama qilindi

Uchrashuvda O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha navbatdagi amaliy qadamlar ko‘rib chiqildi.

Mirziyoyeva ikki mamlakatni umumiy tarix, yaqin til, madaniyat va an’analar bog‘lab turishini ta’kidladi. Uning qayd etishicha, ko‘p qirrali munosabatlar aynan shu asosda izchil rivojlanmoqda.

Tomonlar ikki davlat uchun manfaatli bo‘lgan yangi tashabbuslarni birgalikda amalga oshirish jarayonini davom ettirishga kelishib oldi.

Avvalroq Erdo‘g‘an bilan uchrashgandi

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Saida Mirziyoyeva Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan uchrashgani haqida yozgan edi. Muloqot davomida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilingan.

Shuningdek