Toshkentdagi 20 ta chorrahada kuchli tirbandlik kuzatildi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Kechqurun 19 ta chorrahada tirbandlik qayd etildi
Foto: old.gov.uz

16-oktabr kuni Toshkentda tig‘iz vaqtda 20 ta chorrahada tirbandlik darajasi 7 balldan oshdi. Poytaxt yo‘llarida kun davomida jami 1,5 mlnta transport vositasi harakatlandi, deb xabar berdi Toshkent shahrida Yo‘l harakatini tashkil etish markazi.

Markaz monitoringiga ko‘ra, ertalab soat 08:00 dan 09:00 gacha 20 ta chorrahada tirbandlik darajasi 7 balldan yuqori bo‘lgan.

Ular orasida Mehrjon – Sariqo‘l, Farg‘ona yo‘li – Nukus, Yangi Sagiqmon – Sag‘bon, Kichik halqa avtomobil yo‘li – Avliyo ota, Beruniy – Sagichmon, Samarqand Darvoza – Beruniy, Abay – Alisher Navoiy va Farg‘ona yo‘li – Ota Turk chorrahalari bor.

Kechqurun 19 ta chorrahada tirbandlik qayd etildi

Soat 18:00 dan 19:00 gacha esa 19 ta chorrahada tirbandlik darajasi 7 balldan oshgan.

Kechki tig‘iz vaqtda Mehrjon – Sariqo‘l, Farg‘ona yo‘li – Nukus, Beruniy – Sagichmon, Samarqand Darvoza – Beruniy, Mirzo Ulug‘bek – Buyuk Ipak yo‘li va Sag‘bon – Kichik halqa avtomobil yo‘li kabi chorrahalarda transport oqimi yuqori bo‘lgan.

Tig‘iz vaqtda 246 mingdan ortiq avtomobillar harakatlangan

16-oktabr kuni ertalab soat 07:00 – 08:00 oralig‘ida Toshkent yo‘llarida 245,8 mingta transport vositasi harakatlangan.

Kechki soat 16:00 – 17:00 oralig‘ida esa bu ko‘rsatkich 246,5 mingtani tashkil etgan.

Kun davomida poytaxt yo‘llaridagi umumiy transport oqimi qariyb 1,5 mln avtomobilga yetgan.

Avtobuslarda 1,4 mln, metroda 1,2 mln yo‘lovchi tashildi

Shu kuni Toshkentda 1,7 mingta avtobus 170 ta yo‘nalishda xizmat ko‘rsatgan. Ular jami 21 ,8 mingta qatnovni amalga oshirib, 1,4 mln nafar yo‘lovchini manziliga yetkazgan.

Toshkent metropoliteni orqali esa 1,2 mln nafar yo‘lovchi tashilgan.

Yo‘l harakatini tashkil etish markazi poytaxtdagi transport holati real vaqt rejimida kuzatilib, oqimni barqarorlashtirish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rilayotganini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Shahriston» bekatida metro poyezdi nosozlik sabab to‘xtab qolgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek