AQSh davlat kotibi rasmiy tashrif bilan Samarqandga keldi

eʼlon qilindi
Tashrif doirasida o‘tkaziladigan biznes forumida 200 dan ortiq amerikalik tadbirkor ishtirok etadi
Foto: UzA

AQSh davlat kotibi Marko Rubio «Markaziy Osiyo – AQSh» (C5+1) vazirlar uchrashuvi hamda qo‘shma investitsiya kengashi yig‘ilishida qatnashish uchun Samarqand shahriga keldi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Rasmiy kutib olish va «C5+1» formatidagi muzokaralar

Martabali mehmonni Samarqand xalqaro aeroportida O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva va boshqa rasmiylar kutib oldi. Tashrif davomida Marko Rubio «Markaziy Osiyo – AQSh» (C5+1) formatidagi vazirlar uchrashuvida ishtirok etib, mintaqadagi hamkasblari bilan o‘zaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qilishi rejalashtirilgan.

Ishbilarmonlik va investitsiya kengashi yig‘ilishi

19-oktabr kuni Samarqandda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda AQSh davlat kotibi Marko Rubio ishtirokida Amerika – O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Mazkur tadbirda qatnashish uchun 200 dan ortiq amerikalik tadbirkorlar O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Avvalroq Kursiv nashri Donald Tramp O‘zbekistonga tashrif buyurishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek