Surxondaryoda noyob ayiqni ovlaganlar tabiatga 680 mln so‘m zarar yetkazdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Sariosiyoda Qizil kitobga kiritilgan ayiq va 3 ta to‘ng‘izni otganlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Foto: Photofellow / Fotolia

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida Qizil kitobga kiritilgan Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘i hamda yovvoyi to‘ng‘izlarni noqonuniy ovlagan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi ma’lum qildi.

Avtomobildan topilgan noqonuniy ov mahsulotlari

Sariosiyo tumanida o‘tkazilgan reyd tadbiri davomida oq rangli «Niva Legend» rusumli avtomobil to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi. Tekshiruv chog‘ida mashina yukxonasidan 1 ta Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘i va 3 ta yovvoyi to‘ng‘izning tana bo‘laklari topildi.

Musodara qilingan qurol va ashyolar

Shuningdek, transport vositasi salonidan bir nechta ov quroli, 43 dona jangovar o‘q-dori, o‘qlar, binokllar, ovoz pasaytirgichlar va boshqa ov buyumlari aniqlandi. Mutaxassislar hisob-kitobiga ko‘ra, ushbu harakatlar oqibatida hayvonot dunyosiga 679 mln 800 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.

Qonuniy chоrаlar

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 202-moddasi (Hayvonot yoki o‘simlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Aniqlangan ov qurollari va o‘q-dorilar vaqtincha saqlash uchun ichki ishlar bo‘limiga topshirildi, avtomobil esa jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Avvalroq Kursiv nashri Qizil kitobdagi echkiemarga «nosvoy» chektirgan yigitga 1,5 million so‘m jarima solingani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek