Marko Rubio Samarqandga tashrifini Registon maydonidan boshladi

eʼlon qilindi
Unga turmush o‘rtog‘i Janett Rubio va Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva hamrohlik qilmoqda
Foto: Prezident axborot xizmati

AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Samarqanddagi tashrifining navbatdagi kunini Registon maydonini tomosha qilishdan boshladi. Unga turmush o‘rtog‘i Janett Rubio va Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva hamrohlik qilmoqda. Bu haqda AQSh tashqi siyosatini yorituvchi jurnalist Aleks Raufoglu X ijtimoiy tarmog’idagi sahifasida ma’lum qildi.

AQShning Samarqanddagi tashrifi C5+1 uchrashuvlari va ikki tomonlama muzokaralar bilan davom etmoqda. Rubio 18-oktabr kuni Samarqandga kelgan, tashrif doirasida Markaziy Osiyo davlatlari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Aleks Raufoglu X ijtimoiy tarmog’idagi sahifasidagi postida shunday yozadi:

Rubio Samarqanddagi kunini mashhur Registon maydoniga tashrif bilan boshladi — bu O‘zbekistonning boy tarixi va madaniy merosini aks ettiruvchi ajoyib maskan.

Shuningdek, xabarda mazkur tashrif AQSh va O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi hamkorligi fonida kechayotgani ham qayd etilgan.

Samarqandda C5+1 uchrashuvlari o‘tkaziladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Jurnalistlar bilan suhbatda AQSh davlat kotibi bu yerga 300 ga yaqin Amerika kompaniyasi vakillari kelganini ma’lum qildi. Samarqandda AQSh, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston vakillari ishtirokidagi C5+1 uchrashuvlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Amerika – O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi yig‘ilishi yakunlari bo’yicha milliardlab dollarlik kelishuvlar imzolanishi kutilmoqda.

Avvalroq «Kursiv» Marko Rubioning Samarqandga kelgani va C5+1 muzokaralarida qatnashishi haqida yozgan edi.

Shuningdek