Meksikani minglab «zombi»lar egallab oldi

eʼlon qilindi
Ular orasida zombi, mumiyo, Frankenshteyn, dahshatli masxarabozlar va boshqa fantastik obrazlar bor
Ibtimes.com

Meksika poytaxti Mexiko shahrida minglab odamlar zombi, mumiyo va dahshatli filmlar qahramonlari qiyofasida ko‘chalarga chiqdi. 18-oktabr kuni o‘tkazilgan an’anaviy Zombie Walk yurishi shahar markazini ulkan qo‘rqinchli tomoshaga aylantirdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Ko‘chalar zombi va dahshatli qahramonlarga to‘ldi

Tadbirning 19-marta o‘tkazilgan yurishi Inqilob yodgorligi yaqinidan boshlanib, shaharning asosiy maydoni – Zokalo tomon davom etdi.

Ishtirokchilar yuzlariga qonli jarohatlar, yirtilgan teri va boshqa qo‘rqinchli effektlarni aks ettiruvchi grimlar surtdi. Ular orasida zombi, mumiyo, Frankenshteyn, dahshatli masxarabozlar va boshqa fantastik obrazlar bor edi.

Foto: Reuters

Ba’zi ishtirokchilar liboslarini tayyorlash uchun bir necha kun sarflagan. Ko‘chalarga chiqqan noodatiy qahramonlarni tomosha qilish uchun ham ko‘plab odamlar yig‘ildi.

Tadbir xayriya maqsadida

Zombie Walk nafaqat ko‘ngilochar tadbir, balki xayriya tashabbusi sifatida ham o‘tkazildi. Tashkilotchilar ishtirokchilarni muhtoj oilalar uchun uzoq saqlanadigan oziq-ovqat mahsulotlarini ixtiyoriy ravishda topshirishga chaqirdi.

Yurish shahar markazidagi asosiy ko‘chalardan o‘tib, Zokalo maydonida yakunlandi. Tadbir davomida qo‘rqinchli obrazlar, maxsus grim va sahnalashtirilgan chiqishlar tomoshabinlar e’tiborini tortdi.

Avvalroq Fransiya prezidenti Emmanuel Makron mamlakat bo‘ylab o‘tgan norozilik namoyishlaridagi zo‘ravonliklarni qoralagani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek