O‘zbekiston aholisi 39,5 mln kishidan oshdi

2026-yil 1-oktabr holatiga O‘zbekistonning doimiy aholisi 39 535 225 kishini tashkil etdi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, hisob-kitoblarda aholini ro‘yxatga olish natijalari ham inobatga olingan.
Aholi bir yilda 692 ming kishiga ko‘paydi
O‘zbekiston aholisi o‘tgan yilning mos davridagiga nisbatan 692,2 ming kishiga yoki 1,8 foizga oshgan.
Shu tariqa mamlakat doimiy aholisi 39,5 mln kishidan oshdi.
Eng ko‘p aholi Samarqand viloyatida
Hududlar orasida eng ko‘p aholi Samarqand viloyatida istiqomat qiladi – 4,5 mln kishi.
Keyingi o‘rinlarda Farg‘ona viloyati – 4,3 mln kishi, Toshkent viloyati – 3,8 mln kishi va Qashqadaryo viloyati – 3,7 mln kishi qayd etilgan.
Andijon viloyatida 3,6 mln kishi, Toshkent shahrida esa 3,3 mln kishi istiqomat qiladi.
Sirdaryoda aholi soni 1 mlnga yetmagan
Namangan viloyatida 3,2 mln kishi, Surxondaryo viloyatida 3 mln kishi yashaydi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholi soni 2,2 mln kishi, Xorazm viloyatida 2,2 mln kishi, Buxoro viloyatida 2,1 mln kishini tashkil etdi.
Jizzax viloyatida 1,5 mln kishi, Navoiy viloyatida 1,2 mln kishi istiqomat qiladi. Eng kam aholi Sirdaryo viloyatida qayd etilgan – 965,4 ming kishi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 10 yoshdan oshgan 97% aholi internetdan foydalanishi haqida xabar berilgandi.