Samarqandda 400 dan ortiq AQSh va Markaziy Osiyo kompaniyalari muzokara o‘tkazdi

Joriy yilning 18 – 19-oktabr kunlari AQSh Davlat kotibi Marko Rubio boshchiligidagi delegatsiyaning Samarqandga tashrifi doirasida 400 dan ortiq kompaniya vakillari ishtirokida uchrashuvlar tashkil etildi. Mazkur tadbirlar doirasida AQSh, Markaziy Osiyo davlatlari va O‘zbekiston kompaniyalari «B2B» hamda «B2G» muzokaralari o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Shuningdek, o‘qing: O‘zbekiston va AQSh kosmosni o‘rganish bo‘yicha Artemida bitimlarini imzoladi
Samarqandga 100 dan ortiq AQSh kompaniyalari tashrif buyurdi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, dasturda 400 dan ortiq kompaniya vakillari ishtirok etdi. Shundan 100 dan ziyodi AQSh kompaniyalari, 100 tasi Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari va 200 tasi O‘zbekiston korxonalaridir.
Tadbir vazirlik va Amerika – O‘zbekiston savdo palatasi ishtirokida tashkil etilgan.
Olti yo‘nalishda muzokaralar o‘tkazildi
Ishbilarmonlik dastur raqamli texnologiyalar, ta’lim va sog‘liqni saqlash, mineral resurslar, energetika va transport, qishloq xo‘jaligi va to‘qimachilik, shuningdek, moliya va investitsiyalarni qamrab oladi.
Sessiyani ochgan O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov investitsiyaviy va texnologik hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlariga to‘xtaldi hamda vazirlik qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishga ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi.
Wabtec va Franklin Templeton ham qatnashdi

Tadbirda AQSh savdo vazirining yordamchisi Devid Fogel ham so‘zga chiqdi. U Wabtec, Franklin Templeton, Traxys va Aquatech kompaniyalari vakillari hamkorlik istiqbollari bo‘yicha taqdimot o‘tkazdi. Fogel 2026-yilda tuzilgan AQSh – O‘zbekiston Biznes va investitsiya kengashining AQSh tomonidagi a’zolaridan biri bo‘lib, kengash savdo va xususiy investitsiyalarni tezlashtirish uchun ikki tomonlama platforma sifatida ishlaydi.
Avvalroq «Kursiv» AQSh Davlat kotibi AQSh bilan kelajakdagi kelishuvlar, to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar hamda Donald Trampning ehtimoliy tashrifi haqida gapirganini yozgan edi.