Bibisora Assaubayeva Sindarov bilan to‘yiga kinoya bilan javob berdi

eʼlon qilindi
Assaubayeva Sindarov bilan to‘yi haqidagi gaplarga kinoyali javob berdi
Javohir Sindarov va Bibisara Asaubayeva yana e’tibor markazida — video
Foto: Instagram / Chess with Lokesh

Qozog‘istonlik grossmeyster Bibisora Assaubayeva o‘zining o‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindarov bilan munosabatlari va ehtimoliy to‘yi haqidagi ko‘plab sarlavhalarga hazil aralash munosabat bildirdi. U ijtimoiy tarmoqdagi postlarida bu mavzu bir haftadan beri lentasidan tushmayotganini aytib, ayrim OAV e’tiborni jalb qilish uchun turli sarlavhalardan foydalanishini kinoya bilan ta’kidladi. Bu haqda u o’z kanalida yozib qoldirdi.

OAV uchun e’tiborni qanday jalb qilishning farqi yo‘q

Assaubayeva postlaridan birida tinchgina yashab yurgan odam kutilmaganda shov-shuvli sarlavhalarga duch kelishi mumkinligini yozdi.

«O‘zingcha tinchgina yashayverasan, hech narsadan shubhalanmaysan, keyin shunaqa sarlavhalarni o‘qiysan», — deya hazil qildi shaxmatchi.

Assaubayevaning izohlari uning munosabatlari haqidagi xabarlar va sarlavhalar ko‘payganiga javob sifatida yangradi.

To‘y haqidagi gap-so‘zlar qayerdan boshlandi

Avvalroq Javohir Sindarovning bobosi, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi o‘rinbosari Komil Sindarov nabirasi va Bibisora Assaubayeva o‘rtasidagi munosabatlar haqida gapirgandi.

Uning aytishicha, yosh shaxmatchilar bolaligidan birga musobaqalarda qatnashib kelgan, do‘stona munosabatlari esa vaqt o‘tishi bilan muhabbatga aylangan. Komil Sindarov yoshlar oila qurishga qaror qilsa, ularni qo‘llab-quvvatlashini ham bildirgan.

Shu bilan birga, u hozir Javohir uchun asosiy vazifa jahon chempionligi uchun bo‘lajak uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rish ekanini ta’kidlagan. Bobosining so‘zlariga ko‘ra, to‘y masalasi shaxmatchi jahon tojini O‘zbekistonga olib kelganidan keyin muhokama qilinadi.

Shuningdek