O‘zbekistonlik MMA jangchisi Odilxon Kamolov qozog‘istonlik qizga uylandi

20-oktabr 2026 17:42 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir sardor.orifovich@gmail.com
Foto: Ekran surati

O‘zbekistonlik aralash janglar ustasi Odilxon Kamolov uylanib, qo‘shni Qozog‘istonga kuyov bo‘lganini ma’lum qildi. Bu haqda sportchining o‘zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali xabar berdi.

Jangchining munosabati va tabriklar

«Umrim davomida juda ko‘p qozog‘istonlik raqiblar bilan jang qildim, u yerlik muxlislarning negativlariga uchradim, har xil holatlar bo‘ldi. Lekin bir kuni Qozog‘istonga kuyov bo‘laman deb o‘ylamagandim. Endi Qozog‘istonning kuyoviman. Xullas, to‘ylar muborak», — deb yozdi Odilxon Kamolov.

Post ostidagi izohlarda ko‘plab qozog‘istonliklar sportchini tabrikladi. Xususan, taniqli MMA jangchisi Erkebulan Toktar ham o‘zbekistonlik hamkasbiga «Qulluq bo‘lsin kuyov bola, baxtli bo‘linglar», — deya iliq tilaklarini yozib qoldirdi.

Instagram’da ko’rish

Sport faoliyati va so‘nggi jang

Ma’lumot uchun, o‘zbekistonlik MMA jangchisi Odilxon Kamolov oxirgi marta shu yilning 10-sentabr kuni Buxoro shahrida o‘tkazilgan ATFC 33 x Alash Pride 129 qo‘shma turnirida qozog‘istonlik Dias Erjanovga qarshi oktagonga ko‘tarilgan edi.

Ushbu bahsda Odilxon Kamolov raqibini birinchi raundning o‘zidayoq og‘ritish usuli bilan muddatidan avval taslim etib, g‘alaba qozongandi. Bu uning «Alash Pride» ligasidagi debyut jangi bo‘lgan edi.

Avvalroq Kursiv nashri shaxmat bo‘yicha ikki karra Olimpiada chempioni Nodirbek Abdusattorov unashtirilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek