O‘zbekiston do‘konlaridagi 73 xil mahsulot sifat talabiga javob bermadi

eʼlon qilindi
Sifatsiz mahsulotlar savdo rastalaridan qaytarib olinib qonunchilikka muvofiq choralar ko‘riladi
Foto: CRPT Turon

2026-yilning dastlabki sakkiz oyida Raqobat qo‘mitasi tomonidan chakana savdo nuqtalaridan olingan 558 nomdagi mahsulot laboratoriyada tekshirildi. Qo‘mitaning ma’lum qilishicha, ulardan 73 tasi belgilangan sifat va xavfsizlik talablariga javob bermasligi aniqlandi.

558 nomdagi mahsulot sifat tekshiruvidan o‘tkazildi

Raqobat qo‘mitasi hamkor tashkilotlar bilan birga savdo nuqtalarida sotilayotgan iste’mol tovarlari bo‘yicha nazorat xaridlarini o‘tkazgan.

Tekshiruvlar davomida 60 turdagi 558 nomdagi mahsulot akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriyalarda ekspertizadan o‘tkazildi. Ularning davlat standartlari va boshqa texnik talablariga muvofiqligi baholandi. Natijada 73 nomdagi mahsulot belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlangan.

Sifatsiz mahsulotlar savdodan qaytarib olinadi

Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, talabga javob bermagan mahsulotlarni savdo rastalaridan qaytarib olish va qonunchilikka muvofiq choralar ko‘rish uchun materiallar O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasiga yuborilgan.

Avvalroq «Kursiv» Raqobat qo‘mitasi 2021 – 2025-yillar va 2026-yilning dastlabki yetti oyida qariyb 2,6 ming nomdagi iste’mol mahsulotini nazorat xaridi orqali tekshirgani tabriklagani haqida yozgan edi.

Shuningdek