O‘zbekiston rossiyalik sayyohlar orasida Top-10 yo‘nalishga kirdi

O‘zbekiston 2026-yilgi kuzgi mavsumda rossiyalik sayyohlar eng ko‘p tanlagan xorijiy yo‘nalishlar qatoridan joy oldi. OneTwoTrip sayohat servisi ma’lumotiga ko‘ra, xorijiy sayohatlarning 2,9 foizi O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri kelgan.
O‘zbekiston Top-10 talikda
Reytingda Turkiya 18,9 foizlik ulush bilan yetakchilik qilgan. Keyingi o‘rinlarda Xitoy va Belarus — 5,9 foizdan, Italiya — 5 foiz, Tailand — 4,3 foiz, Gruziya — 4,1 foiz, Armaniston — 4 foiz, BAA — 3,5 foiz va Fransiya — 3,3 foiz bilan qayd etilgan. O‘zbekiston 2,9 foizlik ulush bilan Top-10 ro‘yxatini yakunlagan.
Rossiyaliklarning xorijdagi dam olishi qancha davom etgan
Sayohatlarni rejalashtirish va bron qilish servisi OneTwoTrip ma’lumotiga ko‘ra, ma’lumotiga ko‘ra, rossiyaliklar xorijda o‘rtacha 3,2 kun dam olgan. Chet eldagi mehmonxonada bir kecha tunashning o‘rtacha narxi 16,6 ming rublni tashkil etgan.
Eng uzoq dam olish Gretsiyada qayd etilgan — sayyohlar u yerda mehmonxonalarni o‘rtacha 6,1 kunga band qilgan. Eng qimmat yo‘nalish esa Monako bo‘lgan: bir kecha tunash o‘rtacha 60 ming rublga tushgan.
Avvalroq «Kursiv» 2026-yilning dastlabki olti oyida O‘zbekistonga 6,5 milliondan ortiq turist tashrif buyurgani haqida yozgandi.