Samarqand va Namanganda noqonuniy Umra xizmatlari aniqlandi

eʼlon qilindi
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda
Samarqand va Namanganda noqonuniy Umra xizmatlari aniqlandi
Foto: DXX

Samarqand va Namangan viloyatlarida fuqarolarni Umra ziyoratiga yuborishni va’da qilib, pul talab qilgan shaxslar aniqlandi. Bu haqda DXX ma’lum qildi.

Har ikki holatda ham fuqarolarga Saudiya Arabistoniga ziyorat safarini tashkil etish va’dasi berilgan.

Samarqandda $3 ming olayotganda ushlandi

Samarqand shahrida faoliyat yurituvchi oilaviy korxona vakili Umra ziyoratini tashkil etish uchun tegishli vakolatga ega bo‘lmagani holda bir fuqaro va uning ikki nafar qarindoshini Saudiya Arabistoniga yuborib, ziyorat amallarini ado etishlari uchun sharoit yaratib berishni va’da qilgan.

Buning evaziga u $3 450 talab qilgani aytilmoqda.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar ma’lumotiga ko‘ra, shaxs so‘ralgan mablag‘ning $3 mingini olayotgan vaqtida DXX va IIB xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namanganda $1 200 olayotganda aniqlandi

Shunga o‘xshash holat Namangan viloyatida ham qayd etilgan.

Namangan tumanida faoliyat yurituvchi MChJ rahbari Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaroni noqonuniy ravishda Umra ziyoratiga yuborish evaziga $1 350 talab qilgani aytilmoqda.

U oldindan $1 200 olayotgan vaqtida DXX va IIB xodimlari tomonidan ushlangan. Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq «Kursiv» Toshkent tumanida «zamhokim» $25 ming pora bilan ushlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek