Uchuvchi harbiylar bilan yangi kontrakt tuzish tartibi belgilanadi

eʼlon qilindi
Hujjat muddatli harbiy xizmatchilar uchun qo‘shimcha rag‘batlantirish choralarini ham nazarda tutadi
Uchuvchi harbiylar bilan yangi kontrakt tuzish tartibi belgilanadi
airforse.uz

O‘zbekistonda oliy harbiy va xorijiy oliy harbiy ta’lim muassasalarining uchuvchi mutaxassisligi bo‘yicha bitiruvchilari bilan yangi kontrakt tuzish tartibi qonun darajasida mustahkamlanishi mumkin.

Tegishli qonun loyihasi uchinchi o‘qishda qabul qilinib, Senatga yuborildi.

Uchuvchilar bilan yangi kontrakt uchun huquqiy asos yaratiladi

Loyihaga ko‘ra, oliy harbiy, shuningdek, xorijiy oliy harbiy ta’lim muassasalarining uchuvchi mutaxassisligi bo‘yicha bitiruvchilari bilan yangi kontrakt tuzishning huquqiy asoslari belgilanadi.

Mazkur norma harbiy aviatsiya mutaxassislarining xizmatni davom ettirishi bilan bog‘liq kontrakt munosabatlarini tartibga solishga qaratilgan.

Kitobxonlik tanlovi g‘oliblarining xizmati qisqartiriladi

Qonun loyihasida muddatli harbiy xizmatchilar uchun yana bir rag‘batlantirish chorasi ham nazarda tutilgan.

Qurolli kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar tizimida muddatli harbiy xizmat o‘tayotgan harbiy xizmatchilar o‘rtasida o‘tkaziladigan «Ma’naviyat qalqoni» kitobxonlik tanlovining respublika bosqichida birinchi, ikkinchi yoki uchinchi o‘rinni egallaganlarning xizmat muddati bir oyga qisqartirilishi taklif qilinmoqda.

Avvalroq kitobxon askarlarning xizmat muddati qisqartirilishi mumkinligi xabar berilgan edi.

Shuningdek