21-oktabr kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi

21-oktabr kuni O‘zbekistonda, asosan, quruq ob-havo saqlanib qoladi. Bu haqda O‘zgidromet ma’lum qildi.
Toshkentda 23 darajagacha iliq bo‘ladi
Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan esadigan shamol tezligi 3–8 m/s ni tashkil etadi.
Harorat kechasi 8–10 daraja, kunduzi esa 21–23 daraja bo‘ladi.
Hududlarda harorat 15–28 daraja oralig‘ida
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi 2–7 daraja, kunduzi 15–20 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida kechasi 5–10 daraja, kunduzi 20–25 daraja kuzatiladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida ham yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Harorat kechasi 5–10 daraja, kunduzi 20–25 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kechasi 7–12 daraja, kunduzi 23–28 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo harorati kechasi 7–12 daraja, kunduzi 20–25 darajani tashkil etadi.
Tog‘li hududlarda 18 darajagacha iliq
Respublikaning tog‘li hududlarida ham yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Bu hududlarda kechasi 3–8 daraja, kunduzi esa 13–18 daraja iliq bo‘ladi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi.
Avvalroq «Kursiv» 20-oktabr kuni qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgan edi.