Fransiyadagi tartibsizliklar 1,2 mlrd yevroga tuşişi mumkin

Fransiyada ommaviy tartibsizliklar oqibatida suğurta kompaniyalarining zarari 1,2 mlrd yevroga yetişi mumkin. Mamlakat böylab kamida 3 mingta korxona talon-toroj qilingan yoki şikastlangan. Bu haqda Financial Times xabar berdi.
Tahlilçilarga köra, tartibsizliklar kölami va şikastlangan mulkni tiklaş xarajatlarining oşişi suğurta tölovlari köpayişiga olib kelmoqda. Suğurta brokerlari ham zarar miqdori 1 mlrd yevrodan oşişi mumkinligini bildirmoqda.
«Morningstar DBRS» tahlilçisi Markos Alvares Fransiyadagi voqealarni tabiiy ofatlar oqibatlariga qiyosladi. Uning fikriça, mamlakatda bundan buyon ham har yili yuz millionlab yevro zarar keltiradigan şunday tartibsizliklar kuzatilişi mumkin.
Louis Vuitton va Kenzo dökonlari ham zarar körgan
Fransiya savdo vaziri Serj Papenning dastlabki baholaşiga köra, mamlakat böylab kamida 3 mingta korxona tartibsizliklardan zarar körgan. Şikastlangan yoki talon-toroj qilingan savdo nuqtalari orasida Louis Vuitton va Kenzo kabi qimmatbaho brendlarning dökonlari ham bor.
Qayd etilişiça, joriy yil oktabr oyidagi tartibsizliklardan kutilayotgan zarar 2023-yildagi namoyişlar oqibatida yetkazilgan zarardan ham yuqori. Öşanda suğurta kompaniyalarining yöqotişlari 798 mln yevroni taşkil etgan.
Vaziyatdan xavotirga tuşgan ayrim tadbirkorlar dökonlarini mustaqil himoya qilişga tayyorgarlik körmoqda.
«Europe 1» radiostansiyasi xabar berişiça, Bordo şahri va Jironda departamentidagi ayrim savdogarlar ehtimoliy hujumlardan himoyalaniş uçun vositalar tayyorlab qöygan.
Xususan, kiyim-keçak dökoni xodimasi qalampirli ballonçani yonida olib yurişini aytgan. Boşqa bir dökon egasi esa talonçilarga qarşi metall tayoqlardan foydalanişga tayyorligini bildirgan.
Biroq ayrim tadbirkorlar özini qurol bilan himoya qilişdan boş tortmoqda. Ular bunday harakatlar hayotiga xavf tuğdirişi va huquqiy oqibatlarga olib kelişidan xavotirda.
Fransiyada tartibsizliklar oqibatlarini qoplaş mexanizmi taklif qilinmoqda
Fransiya hukumati Yevropa Ittifoqining ommaviy tartibsizliklar vaqtida mulkka yetkazilgan zararni qoplaş uçun majburiy suğurta tizimini joriy etişga roziligini olişga harakat qilmoqda.
Taklif etilayotgan mexanizm Caisse Centrale de Réassurance qayta suğurtalaş kompaniyasi orqali 4 mlrd yevrogaça davlat kafolatini nazarda tutadi.
Yangi tizimni suğurta kompaniyalarining badallari hisobidan moliyalaştiriş rejalaştirilgan. Bu esa qöşimça xarajatlar mijozlar zimmasiga yuklanişiga olib kelişi mumkin. Hozirça mexanizm işga tuşmagan va joriy tartibsizliklar oqibatida yetkazilgan zararni qoplaşga tatbiq etilmaydi.
Axa suğurta kompaniyasi rahbari Tomas Buberl Fransiya hukumatini yuz bergan voqealardan xulosa çiqarişga çaqirdi. Uning ta’kidlaşiça, davlat içki xavfsizlikni ta’minlaş böyiça öz vazifasini bajarişi kerak.
Fransiyada ommaviy namoyişlar sentabr oyi oxiridan beri davom etmoqda. Dastlab köçalarga öquvçilar va davlat xizmatçilari çiqqan bölsa, keyinçalik ularga talabalar, kasaba uyuşmalari va «Sariq nimçalar» harakati tarafdorlari ham qöşilgan. Namoyişçilar yaşaş xarajatlari oşişiga qarşi çiqib, iş haqi va pensiyalarni kötarişni talab qilmoqda.
19-oktabr holatiga köra, namoyişlar davomida 2 331 kişi qölga olingan, 500 nafardan ortiq politsiyaçi, jandarm va öt öçiruvçi jarohatlangan. Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron zöravonlikni qoralagan, biroq namoyişçilarning talablari ham eşitilişi kerakligini bildirgan.
Avvalroq Fransiyada namoyişlar va tartibsizliklar ortidan Parijning ayrim hududlarida komendantlik soati joriy etilgandi, dunyodagi eng maşhur muzeylardan biri – Luvr esa vaqtinça yopilgandi.