
Kunning boshlanishi ko‘pchilikni hayratda qoldiradigan kutilmagan voqealarni olib kelishi mumkin. Eng sezgir odamlar kuchli kechinmalar tufayli nima bo‘layotganini mustaqil ravishda tushunishlari qiyin bo‘ladi. Kim bilandir maslahatlashgingiz keladi va yaqinda tanishganlardan ko‘ra, uzoq yillik tanishlar va sinalgan ittifoqchilardan yordam so‘raganingiz ma’qul. Moliyaviy nuqtai nazardan, kun qulay emas, balki qiyin bo‘ladi. Ertalab xarajat qilishga shoshilmang: xavotir tufayli keyin afsuslanadigan kutilmagan xaridlarni amalga oshirishingiz mumkin. Quyida burjlar bo‘yicha 21-oktabr uchun munajjimlar bashoratini taqdim qilamiz.
Qo‘y (21.03 – 20.04)

Bu kun oson kechmaydi. Uning birinchi yarmida ko‘plar ancha qat’iyatli bo‘ladi, ammo shu bilan birga ixtiyorsiz ravishda nizolar va janjallarni keltirib chiqarishi, yon berishni istamasligi mumkin. Bu vaqtda rahbariyat va ishbilarmon sheriklar bilan muhim ish masalalarini muhokama qilish maqsadga muvofiq emas. Jiddiy mojaroga sabab bo‘ladigan yoki hatto munosabatlarning uzilishiga olib keladigan gaplarni aytishingiz mumkin.
Buzoq (21.04 – 20.05)

Og‘ir kun. Bir vaqtning o‘zida bir nechta ish e’tiborni talab qiladi va birinchi navbatda nima bilan shug‘ullanishni tushunish oson emas. Birgalikda harakat qilish to‘g‘risida kim bilandir kelishib olish ham qiyin bo‘ladi. Ilgari yordam berishni va’da qilgan odamlar o‘z tashvishlari bilan juda band bo‘lishlari mumkin. Ko‘pchilik o‘z muammolari bilan yolg‘iz qolganliklarini his qiladi va ularni qanday hal qilishni tushunmaydi. Bunday vaziyatda ilgari orttirilgan tajribaga murojaat qilish oqilona bo‘ladi: hozir u juda foydali bo‘lishi mumkin.
Egizaklar (21.05 – 21.06)

Agar sizda hal qilinishi kerak bo‘lgan muhim vazifalar bo‘lsa, ularga ertalabdan e’tibor qaratganingiz ma’qul. Bu vaqtda ijobiy tendensiyalarning ta’siri kuchli bo‘ladi, shuning uchun vaqtni juda samarali o‘tkazish imkoniyati paydo bo‘ladi. To‘planib qolgan mayda muammolarni hal qila olasiz. Yaqinlaringiz yoki tanishlaringizdan kimdir sizga yordam so‘rab murojaat qilishi ham ehtimoldan xoli emas va siz rad etishni xohlamaysiz. Bu paytda boshqa odamlar uchun qilgan barcha ishlaringiz o‘zingizga foyda keltiradi.
Qisqichbaqa (22.06 – 22.07)

Kun ziddiyatli, noaniq va murakkab bo‘ladi, ammo to‘g‘ri yondashuv bilan vaziyatni tushunib, muvaffaqiyatga erishishingiz mumkin. Asosiysi — har qanday ishga jiddiy yondashish, ilgari o‘z zimmangizga olgan majburiyatlarni bajarish va atrofdagilarga obro‘yingizga shubha uyg‘otmaslik. Hozir o‘zingizga yuqori talablar qo‘yishingiz va boshqalardan hech narsa kutmasligingiz kerak. Aynan shunday pozitsiya siz qo‘llab-quvvatlashni istagan odamlarda yaxshi taassurot qoldirishga yordam beradi.
Arslon (23.07 – 23.08)

Umuman olganda, kun ancha muvaffaqiyatli o‘tadi, garchi boshida qiyinchiliklar bo‘lishi mumkin. Hissiy muhit keskin bo‘ladi va ko‘plar nima uchun asabiylashayotganini o‘zlari ham tushunmay qolishlari mumkin. Bunday paytlarda sizni tushunishga qodir bo‘lgan, ammo afsuski, har doim ham yoningizda bo‘lavermaydigan odamlarning qo‘llab-quvvatlashi ayniqsa muhim. Hissiyotlarni nazorat ostiga olishga harakat qiling va ularning ta’siri ostida ish yoki moliyaga oid muhim qarorlar qabul qilmang.
Parizod (24.08 – 22.09)

Kun oson bo‘lmaydi, lekin qiyinchiliklar sizni hech qachon qo‘rqitmagan. Hozir eng muhimi — dastlabki muvaffaqiyatsizliklardan keyin taslim bo‘lmaslikdir. Agar siz biror muhim narsani niyat qilgan bo‘lsangiz, birinchi urinishdayoq kerakli natijaga erisha olmasligingiz mumkin. Biroq bu rejalaringizdan voz kechish uchun sabab emas.
Kun boshida muhim muzokaralarni muvaffaqiyatli o‘tkazish va yangi ittifoqchilarning qo‘llab-quvvatlashiga erishish imkoniyati paydo bo‘ladi. Shuni yodda tutingki, ular aksincha gapirsalar ham, beg‘araz harakat qilmaydilar.
Tarozi (23.09 – 23.10)

Ertalab betashvish bo‘lishi dargumon. Ehtimol, siz boshqalarning muammolarini hal qilish bilan shug‘ullanishingizga to‘g‘ri keladi va ularni hal qilish siz xohlagandek oson bo‘lmaydi. Kutilmagan kechikishlar bo‘lishi mumkin, siz ishongan odamlar esa oxirgi daqiqada pand berishi mumkin. Agar siz jiddiy ishga qo‘l urmoqchi bo‘lsangiz, dastlabki qadamlarni o‘zingiz qo‘yishga tayyor bo‘ling.
Kun o‘rtasi tinchroq o‘tadi. Bu davrda yangi vazifalarni hal qilishda sezilarli yutuqlarga erishishingiz dargumon, ammo ko‘pdan beri e’tibor talab qiladigan, to‘planib qolgan ishlarni yaxshi uddalaysiz.
Chayon (24.10 – 22.11)

Kun ancha murakkab bo‘ladi, asosan kayfiyat tufayli, u yaxshi bo‘lishini istashni qoldiradi. Hatto yaxshi imkoniyatlar paydo bo‘lganda ham, ularni sezmay, kechinmalarga berilib ketishingiz mumkin. Noxush o‘y-fikrlar va qayg‘uli xotiralar bilan ko‘p vaqt o‘tkazmaslikka harakat qiling. Hozir ko‘p narsa kayfiyatingizga o‘zingiz qanchalik ta’sir ko‘rsata olishingizga va ijobiy kayfiyatda bo‘lishingizingizga bog‘liq bo‘ladi.
O‘qotar (23.11 – 21.12)

Kuchli hissiy muhit tufayli kun omadsiz ko‘rinishi mumkin. Atrofingizda nima sodir bo‘lishidan qat’i nazar, siz bundan norozi bo‘lib qolasiz. Biroq o‘z kayfiyatingizga ta’sir qilishingiz mumkin va bunda o‘zingiz uddalay oladigan foydali ishlar eng yaxshi yordam beradi. Atrofdagilar sizni maslahat va tavsiyalar bilan qanchalik kam chalg‘itishsa, shunchalik yaxshi.
Tog‘ echkisi (22.12 – 20.01)

Kun unchalik oson bo‘lmaydi, lekin agar siz intuitsiyangizga quloq solsangiz, hammasi yaxshi bo‘ladi. Aynan u to‘g‘ri qarorlar qabul qilish va ustuvorliklarni to‘g‘ri belgilashga yordam beradi.
Boshqalarning muammolarini hal qilish ko‘p vaqtingizni olishi mumkin. Ehtimol, siz rad etishni istamaydigan odamlar yordam so‘rab murojaat qilishadi. Biroq buning uchun o‘z rejalaringizni chetga surishga to‘g‘ri keladi. Avvaliga bunga xotirjam qaraysiz, ammo keyinchalik vaqt o‘tib borayotgani, siz uchun muhim bo‘lgan ish bilan shug‘ullanmaganingizdan xavotirlana boshlaysiz.
Qovg‘a (21.01 – 19.02)

Ajoyib kun: ko‘p ishlaringiz o‘ngidan keladi, shuning uchun hozir tashabbus ko‘rsatishning ayni vaqti. Atrofdagilar muvaffaqiyatga erisha olmaydigandek tuyulsa ham, murakkab vazifalarni bajarishga kirishishingiz mumkin. Tez orada skeptiklar xato qilganliklarini tushunadi. Yulduzlar siz tomonda bo‘ladi, ayniqsa, ijodiy yondashuvni talab qiladigan ishlarni yaxshi uddalaysiz. Ko‘plab qiziqarli g‘oyalar paydo bo‘lishi mumkin, ularni amalga oshirish mumkin.
Baliq (20.02 – 20.03)

Muvaffaqiyatga erishmoqchi bo‘lsangiz, ertaroq harakatni boshlang. Aynan kunning boshlanishi muhim g‘alabalarni qo‘lga kiritish va ishbilarmonlik sohasida muvaffaqiyatga erishish imkoniyatini beradi. Keyinchalik vazifalarni bajarish ancha qiyin bo‘ladi.
Ertalab, shuningdek, potensial ish beruvchilar va hamkorlar bilan ishbilarmonlik muzokaralari uchun qulay bo‘ladi. Siz ularda yaxshi taassurot qoldirishingiz mumkin, buning uchun unchalik harakat qilishingiz shart emas: o‘zligingizni saqlab qolishning o‘zi kifoya.