Fransiyada namoyişçilar niqobidagi öğrilar talon-toroj qilingan mahsulotlarni sotmoqda

eʼlon qilindi
Brendlar Vinted platformasining Fransiyadagi versiyasida paydo bölgan
Youths break a store window during clashes between protestors and police in Paris, Sunday, Oct. 18, 2026.

Foto: The Associated Press

Fransiyada namoyişlar va tartibsizliklar vaqtida dökonlardan öğirlangan mahsulotlar internet orqali sotuvga çiqarilmoqda. E’lonlar, jumladan, Vinted platformasining Fransiyadagi versiyasida paydo bölgan. Mamlakat hukumati onlayn savdo platformalaridan bunday e’lonlarni zudlik bilan öçirişni talab qildi. Bu haqda Euronews xabar berdi.

Vinted’da kosmetika va kiyim-keçaklar sotuvga çiqarildi

Ijtimoiy tarmoqlarda namoyişlar vaqtida talon-toroj qilingan mahsulotlar savdosi haqidagi e’lonlarning skrinşotlari tarqaldi. Ular orasida kosmetika töplamlari, kiyim-keçaklar va poyabzallar bor. Ayrim e’lonlarda mahsulotlar tartibsizliklar vaqtida öğirlangani oçiq körsatilgan.

Fransiya raqamli işlar vaziri Anne Le Hénanff bunday e’lonlar paydo bölganini tasdiqlab, platformalardan ularni keçiktirmasdan öçirişni talab qildi.

Vinted va eBay qanday javob berdi

Fransiya hukumati Vinted, Amazon, eBay, Leboncoin, Meta va TikTok vakillarini muhokamalarga taklif qildi. Uçraşuvlarda Içki işlar va Adliya vazirliklari vakillari ham qatnaşişi belgilangan.

Vinted kompaniyasi öğirlangan mahsulotlar savdosiga nisbatan «nol toqat» siyosatini yuritişini bildirdi. Platforma şubhali e’lonlarni aniqlaş va öçiriş çoralarini kuçaytirganini, huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan hamkorlik qilayotganini ma’lum qildi.

eBay esa hafta oxiridagi öğriliklar bilan boğliq e’lonlar soni oşganini tasdiqlay olmasligini bildirdi. Kompaniya bunday savdolarni aniqlaş uçun avtomatlaştirilgan texnologiyalardan foydalanişini ta’kidladi.

Tartibsizliklar qimmat brendlarga ham zarar yetkazdi

17 – 18-oktabr kunlari Fransiyada yuz bergan tartibsizliklar vaqtida bir qança savdo nuqtalari zarar kördi va talon-toroj qilindi. Ular orasida Louis Vuitton, Dior, Celine va Hermès kabi lyuks brendlar mahsulotlari ham bor edi.

Reuters xabariga köra, Vinted şubhali e’lonlarni aniqlaş va öçirişni kuçaytirgan, bunday faoliyatga aloqador akkauntlar esa butunlay bloklanişi mumkin.

Avvalroq Fransiyada namoyişlar va tartibsizliklar ortidan Parijning ayrim hududlarida komendantlik soati joriy etilgan, dunyodagi eng maşhur muzeylardan biri – Luvr esa vaqtinça yopilgandi.

Shuningdek