Özbek tili uçun sun’iy intellekt rivojlantiriladi

eʼlon qilindi
Şavkat Mirziyoyev Özbek tili bayrami kuni munosabati bilan tabrikladi
Foto: prezident.uz

Özbek tilida nutqni matnga, matnni esa ovozga aylantiruvçi texnologiyalarni rivojlantiriş zarur. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev Özbek tili bayrami kuni munosabati bilan yöllagan tabrigida ta’kidladi.

Davlat rahbari özbek tilidan raqamli muhitda tölaqonli foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş, elektron luğatlar, tarjima va tahrir vositalarini takomillaştiriş muhimligini qayd etdi.

Şuningdek, sun’iy intellekt vositalarining özbek tilidagi sifati ularning foydalanuvçilarga qançalik aniq va foydali yordam bera olişi bilan baholanişi kerakligi ta’kidlandi.

Prezident bunday texnologiyalarni yaratişda mualliflik huquqi va şaxsiy ma’lumotlarni himoya qiliş, şuningdek, ulardan nogironligi bölgan insonlar ham foydalana olişini ta’minlaş zarurligini bildirdi.

Tabrikda özbek tilidagi ilmiy manbalar, elektron resurslar va sifatli tarjimalarni köpaytiriş, davlat idoralarida esa qonunlar, qarorlar va fuqarolarga yuboriladigan javoblarni sodda hamda tuşunarli tilda yoziş muhim vazifalar sifatida qayd etildi.

Avvalroq Şavkat Mirziyoyev lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillaştirişga oid qonunni imzolagandi.

Shuningdek