Toshkentning yana bir ko‘chasida nazorat kameralari o‘rnatildi

Toshkent shahridagi Lutfiy ko‘chasining 2,4 km qismida avtobus, velosiped va elektrosamokatlar uchun ajratilgan yo‘laklardagi qoidabuzarliklarni aniqlaydigan kameralar ishga tushirildi. Bu haqda Toshkent shahrida Yo‘l harakatini tashkil etish markazi xabar berdi.
Qoidabuzarliklar avtomatik qayd etiladi
Nazorat kameralari jamoat transporti uchun mo‘ljallangan «A» yo‘lak, shuningdek, velosipedlar, elektrosamokatlar va boshqa individual harakatlanish vositalari uchun ajratilgan yo‘laklarni nazorat qiladi.
Kameralar ushbu yo‘laklarda boshqa transport vositalarining harakatlanishi, to‘xtashi yoki to‘xtab turishi bilan bog‘liq qoidabuzarliklarni qayd etadi.
Jarimalar rasmiylashtiriladi
Kameralar orqali aniqlangan to‘xtash va to‘xtab turish qoidabuzarliklari bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda jarimalar rasmiylashtiriladi.
Poytaxtda jamoat transportiga ustuvorlik berish va maxsus yo‘laklardan belgilangan maqsadda foydalanishni ta’minlash uchun videonazorat tizimi bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.
Avvalroq «Kursiv» qurilish obyektlariga majburiy kuzatuv kameralari o‘rnatilishi haqida yozgan edi.